Logo

O'zbekiston bankirlari Britaniyada malakasini oshirdi

Noyabr 01, 2025. 14:36 • 48 soniya

50
O'zbekiston bankirlari Britaniyada malakasini oshirdi

LONDON, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tijorat banklari vakillari Britaniyaning "MBF Academy" muassasasida riteyl banking, risk-menejment va lizing yo'nalishlari bo'yicha o'quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Treninglar shu yilning 21–31-oktyabr kunlari O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko'magida "MBF Academy" muassasasi bilan hamkorlikda O'zbekiston tijorat banklari mas'ul xodimlari uchun "Riteyl banking, risk-menejment va lizing: barqaror moliyaviy institutlarni shakllantirish" mavzusida tashkil etildi.

Dastur doirasida Britaniya bank tizimidagi zamonaviy tajribalar, risk-menejment va lizing amaliyoti bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.

"MBF Academy" tashkiloti tadqiqot va kasbiy amaliyotni rivojlantirish maqsadida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari va ixtisoslashtirilgan o'quv dasturlari kabi xalqaro tadbirlarni ishlab chiqadi. Hozirga qadar tashkilot O'zbekistonlik tinglovchilar uchun Britaniyada offlayn shaklda 30 dan ziyod o'quv dasturlarini o'tkazgan.

Mazkur kurslar yakunlangach, Elchixonada tinglovchilarga malaka sertifikatlari topshirildi. Tadbirda O'zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov hamda "MBF Academy" muassasasi rahbari, Britaniyadagi Bornmut universiteti professori Xurshid Jalilov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish