O'zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo'nalishdagi "aql markazlari" o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Iyul 04, 2025. 09:58 • 38 soniya
• 67
LONDON, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov va Buyuk Britaniyaning "Pareto Economics" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Klisman Murati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va yangi rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash borasida birgalikda tadqiqotlar o'tkazish xususida fikr almashildi.
Tomonlar O'zbekistonga jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida qo'shma tadqiqotlar o'tkazishga kelishib oldilar.
"Pareto Economics" iqtisodiy yo'nalishdagi strategik tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi kompaniya bo'lib, hukumatlar va biznes doiralarga uzoq muddatli strategiyalarni shakllantirishga yaqindan ko'mak ko'rsatadi. Kompaniya mamlakatlarning strategik holatini baholash uchun "Global Power Index" (GPI)ni ishlab chiqilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi