Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga zamonaviy sport va sog‘lomlashtirish jihozlarini taqdim etdi

Avgust 20, 2026. 20:30 • 2 daq

249
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga zamonaviy sport va sog‘lomlashtirish jihozlarini taqdim etdi

SANKT-PETERBURG, 20-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “MB Barbell” kompaniyasi O‘zbekistonga umumiy qiymati umumiy qiymati 1 million 302 ming 515 rubl bo‘lgan zamonaviy sport va sog‘lomlashtirish jihozlarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Beg‘araz tarzda taqdim etilgan ushbu anjomlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni sportga jalb etish hamda fitnesni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Petrozavodsk shahrida joylashgan “MB Barbell” Rossiyaning sport jihozlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan hisoblanadi. Kompaniyada mamlakatdagi sog‘lomlashtirish inventarlarining katta qismi ishlab chiqariladi.

Kompaniya ko‘p yillardan buyon Germaniyada o‘tkaziladigan xalqaro FIBO fitnes ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etib kelmoqda. “MB Barbell” mahsulotlari xalqaro patentlar bilan himoyalangan bo‘lib, MDH, Yaqin Sharq, Osiyo va Yevropaning o‘nlab mamlakatiga eksport qilinadi.

O‘zbekistonga olib kelingan trenajyor anjomlari ochiq havoda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Jihozlarni payvandlash ishlari belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirildi.

Har bir trenajyor jihozining vazifasi va xavfsizlik talabi ko‘rsatilgan. Jihozlarga ikki yillik kafolat berilgan va ulardan foydalanish muddati yetti yilni tashkil etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish