Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQShda o'qish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi

Iyul 16, 2024. 17:02 • 1 daq

125
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQShda o'qish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi

TOSHKENT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Vebster universiteti bilan hamkorlik bo'yicha uch tomonlama memorandum imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, hujjatga muvofiq, 2024/2025-o'quv yilidan "3+1 shaklidagi "Hamshiralik ishi" qo'shma ta'lim dasturi amalga oshirilib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQShning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQShning Vebster universiteti bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib keladi.

Xususan, ikki muassasa o'rtasida "Tibbiy biologiya" va "Oliy hamshiralik" yo'nalishlari bo'yicha Amerika standartlari asosida malakali mutaxassislar tayyorlashga ko'maklashish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Hamkorlik bo'yicha uch tomonlama memorandum ham mazkur kelishuv doirasida imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish