Sian – Toshkent – Sian yo'nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi
Iyul 17, 2025. 10:37 • 34 soniya
• 62
TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoyning "China Eastern Airlines" aviakompaniyasi ilk bor Sian–Toshkent–Sian yo'nalishi bo'yicha muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 16-iyul kuni soat 14:50 da aviakompaniyaning birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi.
Mazkur yo'nalishda aviakompaniya haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari "Airbus A320" samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.
Eslatib o'tamiz, bugungi kunda O'zbekiston va Xitoy o'rtasida yo'lovchi tashish bo'yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil avgust oyi oxirigacha yana 11 ta reys qo'shilishi, yil yakuniga qadar haftalik aviaqatnovlar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi