Tibbiyot sohasini raqamlashtirish va tibbiy sug'urta tizimini joriy etish bo'yicha Polsha tajribasi o'rganiladi
Oktabr 31, 2025. 12:54 • 2 daq
• 65
VARSHAVA, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Katarjina Anna Kasperchik bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki mamlakat o'rtasidagi sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari, sohaning dolzarb yo'nalishlari va istiqbolda amalga oshirish mumkin bo'lgan qo'shma tashabbuslar muhokama qilindi.
Polsha tomoni mamlakatda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishtirdi. Ta'kidlanishicha, Polsha bugungi kunda Yevropa Ittifoqida tibbiyot sohasini raqamlashtirishda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda sog'liqni saqlash tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, raqamli yechimlar dasturlari orqali tibbiy xizmatlar ko'rsatishning samaradorligi va shaffofligi keskin oshgan.
Suhbat davomida sog'liqni saqlash sohasida kadrlar malakasini oshirish, amaliy hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion yechimlarni joriy etish, shuningdek, raqamli xizmatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki mamlakat tibbiyot tizimlaridagi imkoniyatlar va ustuvor yo'nalishlar bir-biriga yaqin ekanini ta'kidlab, bu sohadagi hamkorlikni izchil rivojlantirish muhim ekanini qayd etdi.
Birgalikda soha mutaxassislari o'rtasida tajriba almashish, malaka oshirish, qo'shma trening va seminarlar tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar onkologiya, kardiologiya, neonatologiya va ortopediya yo'nalishlarida O'zbekiston mutaxassislari uchun Polshada o'quv-amaliy stajirovkalarini tashkil etish, tibbiy sug'urta tizimini joriy etish va undan samarali foydalanish bo'yicha Polsha tajribasini o'rganish maqsadida ishchi guruh tashrifini amalga oshirish va boshqalar yuzasidan kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi