Logo

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi BAAda samarali muzokaralar o'tkazdi

Oktabr 14, 2025. 18:14 • 40 soniya

68
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi BAAda samarali muzokaralar o'tkazdi

ABU-DABI, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 10-11-oktyabr kunlari amaliy safar bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi safar davomida Dubay munitsipaliteti, "DP World", "Gulf Land Property Developers", "Tonino Lamborghini" "Alokozay Group of Companies" va "Tribe Infrastructure" kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Muzokaralar davomida, suv resurslarini boshqarish hamda yo'l va transport infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishlarida hamkorlikni yo'lga qo'yish, Yangi Hayot tumanida joylashgan "Yangi Avlod" maxsus sanoat zonasida multimodal logistika terminalini barpo etish, uy-joy, maktab, bog'cha va nimstansiyalar qurishga investitsiya kirish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarda ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi. 

Bo'lib o'tgan uchrashuvlar yakunida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish uchun ikki tomondan mas'ullar belgilanib va o'zaro muloqotlarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish