O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a'zoligiga qabul qilindi
Iyul 25, 2025. 18:42 • 35 soniya
• 88
PEKIN, 25-iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Szyansi provinsiyasida "Matbuotning kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va global modernizatsiyaga jurnalistlarning ta'siri" mavzusida xalqaro media-forum bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda dunyoning salkam 60 mamlakatdan, jumladan, AQSh, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Bolgariya, Belarus kabi davlatlardan yuz nafardan ortiq media sohasi vakillari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Anjuman o'zaro muloqot, tajriba almashish, jurnalistikaga oid so'ngi yangiliklardan xabardor bo'lish, sohaga doir muammolarga birgalikda yechim izlash bo'yicha o'ziga xos platformaga aylandi.
Forum doirasida O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a'zoligiga qabul qilindi.
A'zolik diplomini tadbirda ishtirok etgan Uyushma rahbari Xolmurod Salimov qabul qilib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi