O'zbekiston va Belarus energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Avgust 07, 2025. 15:59 • 51 soniya
• 86
MINSK, 10-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O'zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayevning 4-7-avgust kunlari Belarusga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida "O'zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va Belarus energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashdi. Suhbat chog'ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
– O'zbekiston tomoni bilan energetika sohasidagi muloqot muntazam ravishda mustahkamlanib borayapti, – dedi Belarus energetika vaziri. – Biz O'zbekistonning energetika tarmog'i va infrastruktura tizimidagi jadal islohot va o'zgarishlarni ijobiy baholaymiz. Bu borada belarus tomon amaliy bilim va texnologik ko'nikmalar bilan o'zaro almashishga tayyorligini bildirdi.
"O'zatom" agentligi direktori Azim Axmedxadjayev davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotganini ma'lum qildi. Sohada islohotlarini samarali amalga oshirish maqsadida yetakchi davlatlar va hamkor mamlakatlarni ilg'or tajribasini chuqur o'rganish agentlikning asosiy vazifasi bo'lib qolayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar o'zaro hamkorlikni jadallashtirish bo'yicha mavjud salohiyatdan unumli foydalanish, Ishchi guruhni shakllantirish va aniq maqsadlar asosida tegishli "yo'l xarita"sini ishlab chiqishga kelishib olishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi