Logo

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O'zbekiston-Finlyandiya hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

Aprel 28, 2024. 13:32 • 2 daq

291
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O'zbekiston-Finlyandiya hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

XELSINKI, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o'rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi vakillari 23-25-aprel kunlari Xelsinkida bo'lishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibidan, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda elchixona vakillari joy oldi.

Tashrif davomida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Qonun ustuvorligi markazi, Huquqbuzarliklarni oldini olish milliy markazi hamda Soliq administratsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Uchrashuvlar chog'ida mazkur davlatda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining shakllanishi, davlat idoralarining sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda korrupsiyani oldini olish, xususan, davlat organlarining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi bo'yicha tajriba almashildi, o'zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.

Qayd etish joizki, Finlyandiya "Transparency International" xalqaro tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida 2-o'rinni egallab, dunyodagi korrupsiyadan eng holi davlat sifatida e'tirof etib kelinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish