Logo

Istanbulda O'zbekiston, Shimoliy Yevropa va Boltiqbo'yi davlatlari o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Noyabr 21, 2025. 20:32 • 2 daq

141
Istanbulda O'zbekiston, Shimoliy Yevropa va Boltiqbo'yi davlatlari o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

ISTANBUL, 23-noyabr. /"Dunyo" AA/. Istanbulda YEXHT Parlament assambleyasining 23-kuzgi majlisi doirasida Shimoliy Yevropa va Boltiqbo'yi mamlakatlari delegatsiyalarining O'zbekiston parlament delegatsiyasi bilan mazmunli va konstruktiv uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston va Shimoliy Yevropa mintaqasi o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi amaliy mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan kengayib borayotgan muloqotning bir qismi bo'ldi.

Muzokaralar chog'ida siyosiy muloqotni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish, innovatsiyalar, shuningdek, parlamentlararo almashinuv sohalaridagi hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuvda sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash va parlamentlararo hamkorlikning barqaror kanallarini rivojlantirishdan o'zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Shvetsiya tomoni O'zbekiston parlamenti delegatsiyasiga munozaralardagi konstruktiv yondashuv va ochiqlik uchun minnatdorlik bildirib, mintaqalararo hamkorlik sur'atini saqlab qolish muhimligini ta'kidladi. Bo'lib o'tgan muloqot parlamentlararo hamkorlik doirasida o'zaro anglashuvni mustahkamlash va aniq tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilishi qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish