Birlashgan Arab Amirliklarining nufuzli universitetlaridan biri O'zbekistonda o'z filialini ochishi mumkin
Avgust 08, 2025. 10:57 • 45 soniya
• 210
ABU-DABI, 12-avgust /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ain University" raisi o'rinbosari Nur Aldin Atatrex bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida va qulay investitsiya muhitini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan islohotlar hamda imkoniyatlar to'g'risida taqdimot o'tkazildi.
Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvi dasturini yo'lga qo'yish, universitet rahbariyatining O'zbekistonga safarini tashkil etish, mamlakatimizda "Al-Ain University" filialini ochish uchrashuvning asosiy mavzusi bo'ldi.
Universitet raisining o'rinbosari Nur Aldin Atatrex takliflarni qo'llab-quvvatlash barobarida, O'zbekistonda uy-joy qurilishi va sog'liqni saqlash sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
"Al Ain University" 2004-yil tashkil etilgan. Universitetning ikkita asosiy kampusi bor. Ulardan biri BAAning Al-Ayn shahrida, ikkinchisi esa Abu-Dabi shahrida joylashgan. Universitet muhandislik, farmatsevtika, tibbiyot, huquq, ta'lim va ijtimoiy fanlar, biznes, ommaviy kommunikatsiyalar kabi yo'nalishlarda malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi