O'zbekiston va Shvetsiya hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi
Oktabr 02, 2025. 17:16 • 34 soniya
• 93
STOKGOLM, 6-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Shvetsiya Taraqqiyot bo'yicha hamkorlik agentligi (SIDA) delegatsiyasining mamlakatimizga ishchi safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida SIDA delegatsiyasi a'zolari bir qator hukumat idoralari, fuqarolik jamiyati va akademik doira vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi.
Mazkur uchrashuvlarda barqaror rivojlanishni ta'minlash, xususan, mamlakatlarimiz o'rtasida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.
Shvetsiya taraqqiyot sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalarida yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Hozirda ushbu mamlakat o'zining yillik yalpi ichki mahsulotining 0,7 foizini kambag'allikka qarshi kurashayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'p tomonlama hamda ikki tomonlama yordam dasturlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun yo'naltirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi