Logo

O'zbekiston va Britaniya organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilmoqchi

Iyun 02, 2025. 09:20 • 43 soniya

84
O'zbekiston va Britaniya organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilmoqchi

LONDON, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi mas'ul xodimlari hamda Britaniyaning "Soil Association" tashkiloti rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mazkur tashkilot boshqaruvchi direktori Jeyms Keshmor va standartlar bo'yicha direktori Sara Kompson ishtirok etdi.

Muzokaralar chog'ida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, jumladan mamlakatimizda va mintaqada organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha fikr almashildi. Britaniya tashkilotining O'zbekistonda o'z laboratoriyalarini ochish masalasi ko'rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini belgilab olishga kelishildi. Shuningdek, O'zbekistonda organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni sertifikatlash bo'yicha joriy holat batafsil tahlil qilindi.

"Soil Association" 1946-yilda tashkil etilgan. Tashkilot organik qishloq xo'jaligi mahsulotlari va barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning tasarrufidagi "Soil Association Certification Limited" kompaniyasi Buyuk Britaniyaning eng yirik organik sertifikatlashtirish tashkiloti hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish