Logo

O'zbekiston va Xitoy yoshlar tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Iyun 11, 2025. 01:15 • 53 soniya

70
O'zbekiston va Xitoy yoshlar tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

GUANCHJOU, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston yoshlar ittifoqi va O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari va yosh tadbirkorlardan iborat yurtimiz delegatsiyasi amaliy safar bilan Xitoyning Xaynan provinsiyasida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri .

Tashrif davomida Sanya, Sianxay va Xaykou shaharlarida savdo-iqtisodiy, turizm, ta'lim va madaniyat sohalarida o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi, hududdagi erkin iqtisodiy zonalar hamda mahalliy korxonalarning faoliyati bilan tanishildi.

Xitoy tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va izchil islohotlar, hududlarda xorijiy investitsiyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, mamlakatimiz yoshlarining tadbirkorlik g'oya va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ishbilarmonlik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Tadbirlarning samarali natijasi sifatida O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Toshkent shahridagi Adju va Buxoro innovatsiyalar universitetlarining Xitoyning Sian shahrida aloqa ofislarini ochish, "Jieji Education" kompaniyasi bilan hamkorlikda xitoylik talabalarni mamlakatimizda ta'lim olish uchun jalb qilish yuzasidan bitimlar imzolandi.

Xaykou shahrida ta'lim olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan o'tkazilgan uchrashuvda ularning turmush tarzi, ta'lim jarayoni, kelajakdagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Bosh konsulxona diplomatlari konsullik-huquqiy masalalar xususida so'zlab berdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish