O'zbekistonlik maktab o'quvchilari O'monda ta'lim sayohatida bo'ldi
May 04, 2025. 12:12 • 54 soniya
• 100
MASQAT, 4-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va O'mon o'rtasida maktab ta'limi va madaniy almashinuv loyihasi doirasida Toshkentdagi "NovaSchool" maktabi o'qituvchilari joriy yilning 9-16-aprel kunlari Masqat shahrida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur dasturni amalga oshirish masalalari Masqat shahrida shu yil fevral oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston va O'mon biznes yetakchilari hamda ta'lim muassasalari vakillari forumi davomida muhokama qilingan edi. Xususan, O'monning "MySchool" maktabi rahbari Nabil Xajlaviy O'zbekistondagi "NovaSchool" maktabi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi delegatsiya ushbu loyihani kelishish uchun "MySchool" maktabi rahbari Nabil Xajlaviy bilan muzokara o'tkazdi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra, ikki maktab o'rtasida almashinuv dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi. Dastur ikki mamlakat o'quvchilarining yetti kunlik safarlarini grant asosida amalga oshirishni nazarda tutadi.
Loyihaning birinchi bosqich 9-16-aprel kunlari bo'lib o'tdi. Mazkur sanalarda "NovaSchool"ning 9 nafar o'quvchisi Masqatda bo'ldi. Safar davomida ular O'zbekiston madaniyati, tarixi va an'analarini namoyish etishdi, shuningdek, O'monning madaniy merosi bilan tanishib, o'z tengqurlari bilan do'stona aloqalar o'rnatdilar.
"MySchool" o'quvchilarining O'zbekistonga javob safari joriy yil kuz faslida rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi