O'zbekistonlik mutaxassislar Britaniyada riteyl-banking yo'nalishida ta'lim dasturini muvafaqqiyatli tamomladi
Noyabr 24, 2025. 08:56 • 52 soniya
• 79
LONDON, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. 11-21-noyabr kunlari O'zbekiston tijorat banklari ma'sullari Buyuk Britaniyada o'tkazilgan "Riteyl bank xizmatlarining transformatsiyasi: Britaniya tajribasi" o'quv dasturida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mazkur dastur Britaniyaning "MBF Academy" ta'lim tashkiloti tomonidan O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko'magida tashkil etildi.
Kurs doirasida Buyuk Britaniyada chakana bank xizmatlarini tashkil etish masalalari bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Unda respublika banklari va kredit tashkilotlaridan kelgan mutaxassislar xalqaro amaliyot bilan birga Buyuk Britaniyaning yetakchi banklari tajribasi bilan ham tanishdi.
O'zbekistonning Londondagi elchixonasida kurs ishtirokchilari uchun malaka sertifikatlarini topshirishga bag'ishlangan tantanali marosim tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi