Abu-Dabida O'zbekiston va BAA o'rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalalari muhokama qilindi
Oktabr 15, 2023. 08:43 • 54 soniya
• 309
ABU-DABI, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh idorasi direktori Saif Muhammad Al Suvaydiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki davlat o'rtasidagi mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish, berilgan so'rovlarni ko'rib chiqish jarayonini tezlashtirish hamda kelgusida o'zaro manfaatli qatnovlarni hududiy aeroportlarga ham yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Saif Muhammad Al Suvaydiy ikki davlat o'rtasidagi parvozlar mavsumiylikdan kelib chiqib, 2023 yilda 46 tagacha yetganini ma'lum qildi. U, shuningdek, Amirliklar tomoni parvozlar sonini yana-da oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Mamlakatimiz diplomatlari, o'z navbatida, yurtimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan sayyohlik sohasidagi o'zgarishlar xususida batafsil ma'lumot berishdi. Toshkent shahri bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Urganch va Namangan shaharlariga yangi parvozlarni yo'lga qo'yish va mavjudlari sonini oshirish, BAA aviakompaniyalari nafaqat Amirliklardan, balki Yaqin Sharq davlatlaridan sayyohlarni tashishda ko'prik vazifasini bajarishi mumkinligi qayd etildi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv so'nggida tomonlar ikki davlat o'rtasidagi parvozlar sonini oshirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish, elchixona ko'magida tegishli kompaniya va tashkilotlar bilan maslahatlashuvlarni tashkil etish bo'yicha kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi