Doxa shahrida O'zbekiston va Qatar siyosiy tadqiqot institutlari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi
Mart 29, 2024. 15:29 • 35 soniya
• 101
DOXA, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar tashqi ishlar vazirligi siyosatni belgilash boshqarmasi boshlig'i Xolid bin Fahd al-Xotir bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbatdosh O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi. Tomonlar o'rtasida oliy darajadagi delegatsiyalar almashinuvi hamkorlik ko'lamini kengaytirishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Muzokaralar davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama etildi. Shuningdek, dunyodagi global vaziyat haqida fikr-mulohazalar almashish hamda izlanishlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat siyosiy tadqiqot institutlari va markazlari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, hamkorlikda konferensiyalar va forumlar o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi.
Ushu yo'nalishda delegatsiyalar almashish masalalari kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi