Logo

Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

Mart 30, 2024. 07:55 • 49 soniya

138
Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi

JЕNЕVA, 30-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) bosh kotibi Dorin Bogdan-Martin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Xalqaro elektraloqa ittifoqi rahbariga O'zbekistonda axborot-kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O'zbekiston bilan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

XEI bosh kotibi o'z navbatida, O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasini yanada isloh qilish va rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimi hamda milliy iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Uning aytishicha, O'zbekiston XEI bilan faol hamkorlik qiladi, respublika vakillari Vakolatli konferensiyalar (XEI oliy organi), forumlar, seminarlar va mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Shu bilan birga, elektron tijorat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kabi sohalarda hamkorlikni faollashtirishning muhimligi qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish