O'zbekiston bosh konsuli Rossiya tashqi ishlar vazirligining Krasnoyarsk o'lkasidagi vakili bilan uchrashdi
Iyun 29, 2025. 13:48 • 40 soniya
• 80
KRASNOYARSK, 29-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov joriy yilning 24-25-iyun kunlari Krasnoyarsk o'lkasiga amalga oshirgan amaliy safari davomida Rossiya tashqi ishlar vazirligining mazkur o'lkadagi vakili Artem Zaxarov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Rossiya hududlari o'rtasida savdo-iqtisodiy, sanoat kooperatsiyasi, turizm, madaniyat va ta'lim sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Rossiya tomoni hududlararo biznes-forumlar va turoperatorlar uchun o'zaro info-turlar tashkil etish hamda O'zbekistonning turistik va madaniy salohiyatini Krasnoyarsk o'lkasida keng targ'ib qilish bo'yicha hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
Konsullik masalalari va migratsiya mavzusi muloqotning asosiy mavzusi bo'ldi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida Rossiya TIVning Krasnoyarskdagi vakolatxonasi bilan mazkur hududdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini munosib himoya qilish bo'yicha birgalikdagi ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi