Logo

Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetib keldi

Noyabr 12, 2023. 12:34 • 38 soniya

700
Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetib keldi

QOHIRA, 12-noyabr. /«Dunyo» AA/. Gepatit C ga qarshi preparatning navbatdagi, 18-partiyasi «Sofosbuvir-400mg», 5600 o'ramda Misrdan Toshkentga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko'ra, dori vositalari mamlakatimiz Sog'liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga yuborilgan. Ulardan mazkur tibbiyot muassasasida davolanayotgan bemorlar bepul foydalanadi.

Misr hukumati tomonidan O'zbekistonga hozirgacha yetkazib berilgan 800 ming dona ushbu dori vositasi 133 ming bemorning davolanishiga bo'lgan ehtiyojni qondiradi.

Eslatib o'tamiz, mazkur gumanitar aksiya O'zbekiston Prezidentining 2023-yil 20-21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi va Misr Sog'liqni saqlash vazirligi bilan muzokaralar chog'ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Gumanitar yordam gepatit bilan kasallangan bemorlarni qo'llab-quvvatlash va ularni davlat hisobidan davolashga yordam beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish