Shvetsiya tog'-kon sanoatining yetakchi kompaniyalari O'zbekistonda samarali muzokaralar o'tkazdi
Iyun 01, 2025. 13:12 • 47 soniya
• 74
TOSHKENT, 1-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Shvetsiyaning yirik korxonalari rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shvetsiya delegatsiyasi tarkibidan "Sandvik", "EOL Vent Mining", "Epiroc", "Scania", "SKF" kabi yetakchi kompaniya vakillari joy oldi.
Safar davomida Shvetsiya delegatsiyasi a'zolari "OKMK" AJ va "NKMK" AJ rahbariyati bilan muloqot qildi.
Muzokaralar davomida Shvetsiya tomoniga mazkur kombinatlarning ishlab chiqarish quvvatlari, tog' jinslarini qazib olish va qayta ishlash ko'rsatkichlari, texnika va texnologiyalari, kadrlar tayyorlash tizimi, shuningdek, so'nggi yillarda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va erishilgan yutuqlar haqida so'zlab berildi.
Tomonlar kelgusidagi rejalarni ishlab chiqish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shvetsiya delegatsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va investorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadi. Mazkur islohotlar xorijiy hamkorlarning yurtimizga qiziqishi ortishiga hissa qo'shayotgani alohida urg'ulandi.
Muzokaralar yakunida uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi