Janubiy Koreyaning Ulsan shahri meri boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonda bo'ldi
Iyul 09, 2025. 14:11 • 2 daq
• 76
TOSHKENT, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Janubiy Koreyaning Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo AA muxbiri.

Mazkur safar doirasida Toshkent shahrida O'zbekiston – Koreya Respublikasi biznes-forumi bo'lib o'tdi.
Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining vakillari, shuningdek, vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi.
Forumga O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosarining Jamshid Xodjayev va Ulsan meri Kim Du Gyom raislik qildilar. Ular o'z ma'ruzalarida ikki tomonlama hamkorlikning barqaror rivojlanishini ta'kidlab, iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Anjumanda O'zbekistonning investitsiya imkoniyatlari, jumladan energetika, elektrotexnika sanoati, turizm va boshqa sohalardagi ustuvor hamkorlik yo'nalishlariga bag'ishlagan taqdimot o'tkazildi. Tomonlar qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishga muhimligini ta'kidladilar.
Forumning muhim natijalaridan biri "yashil" energetika sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish bo'yicha har tomonlama hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanishi bo'ldi.
Tadbir doirasida shuningdek, V2V va V2V shakllarida muzokaralar o'tkazildi. Ularda biznes va davlat vakillari yangi loyihalarni boshlashning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Ulsan shahri meri boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Farg'ona viloyatida bo'ldi va viloyat rahbariyati va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Muzokaralarda migratsiya, turizm, ta'lim, iqtisod, madaniyat va boshqa sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi.
Farg'ona viloyati va Ulsan shahri hamkorligida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri kemasozlik yo'nalishida yoshlarni o'qitish markazi hisoblanadi.
Ilk bosqichda 104 nafar yosh mutaxassis tayyorlangan bo'lsa, 2025-yil oxirigacha bu ko'rsatkichni 200 nafarga, 2026-yilda esa yiliga 300 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ulsan shahar delegatsiyasi Farg'ona tumanida joylashgan Shohimardon qishlog'ida ham bo'lib, hududning turizm salohiyati, tabiiy go'zalliklari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi