Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Eronning Isfahon shahrida o'tkazilgan Osiyo hamkorlik muloqoti Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining navbatdagi yig'ilishida qatnashdi

May 01, 2024. 11:37 • 52 soniya

100
O'zbekiston delegatsiyasi Eronning Isfahon shahrida o'tkazilgan Osiyo hamkorlik muloqoti Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining navbatdagi yig'ilishida qatnashdi

ISFAHON, 1-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 29-30-aprel kunlari Eronning Isfahon shahrida Osiyo hamkorlik muloqotiga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining 2-yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Zoxid Kamolov va mamlakatimizning Erondagi elchixonasi diplomatlari ishtirok etishdi. Shuningdek, anjumanda Bruney, Kambodja, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Myanma, Pokiston, Qatar, Singapur, Tailand, Vyetnam, Qozog'iston, Kuvayt, O'mon, Shri-Lanka, Mo'g'uliston, BAA, Qirg'iziston, Saudiya Arabiston, Tojikiston, Turkiya, Falastin delegatsiyalari qatnashdi.

Yig'ilishni Osiyoda hamkorlik muloqoti bosh kotibi Pornchai Danvivatan tabrik nutqi bilan ochib berdi.

Isfahondagi tadbir doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Eron Sanoat, konlar va savdo vaziri o'rinbosari, Eron savdoni rivoj tashkiloti prezidenti Mehdi Zeyg'omiy, Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi vitse-prezidenti G'adir G'iyafeh, "Mandegar Textile Industrial Group" to'qimachilik kompaniyasi bosh direktori Muhammadrizo Gul Ahmad, "NaeenTile Industries Company" kompaniyasi direktori Muhammad Shamseyi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Eron o'rtasida iqtisodiyotning turli sohalarida o'zaro aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish masalalari ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish