Logo

O'zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatining aralash jamoaviy dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi

Aprel 29, 2025. 10:58 • 29 soniya

40
O'zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatining aralash jamoaviy dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida aralash jamoaviy dastur bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

Ushbu dasturda O'zbekiston dzyudochilari finalgacha bo'lgan yo'lni mardonavor bosib o'tishdi. Ular dastlab Tojikiston, so'ng Koreya Respublikasi jamoalarini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Afsuski, chempionlik bahsida dzyudo vatani bo'lmish Yaponiya termasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Yakunda polvonlarimiz musobaqani kumush medal bilan yakunladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish