Logo

O'zbekiston yosh og'ir atletikachilari Peruda o'tgan jahon chempionatida 17 ta medal qo'lga kiritdi

May 06, 2025. 16:10 • 43 soniya

26
O'zbekiston yosh og'ir atletikachilari Peruda o'tgan jahon chempionatida 17 ta medal qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 6-may. "Dunyo" AA/. Peru poytaxti Lima shahrida bo'lib o'tgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov (yoshlar) -109 kg vazn toifasining dast ko'tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Shu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza, jami 17 ta medal jamg'ardi.

Jumladan, Mohinur Esonboyeva 2 ta oltin va 1 ta bronza, Alisher Osmanov 1 ta oltin va 2 ta kumush, Marjona Abdumutalova 2 ta kumush va 1 ta bronza, Munisbek Davletov - 2 ta kumush, Diyorbek Ro'zmetov 1 ta kumush va 2 ta bronza hamda Xikmatillo Haydarov. Dilnura Xoldorova va Qudratbek Salimjonov bittadan bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish