O'zbekiston gimnastikachilari Jahon chellenj kubogida 9 ta medalga sazovor bo'lishdi
Iyun 23, 2025. 09:20 • 30 soniya
• 518
TOSHKENT, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi o'z nihoyasiga yetdi, deb xabar xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, final bahslarining ikkinchi kungi bellashuvlarida ham O'zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo'lishdi.
Jumladan, Ahrorxon Temirxonov (parallel brus) va Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash) oltin, Odinaxon Robijonova (to'sin) esa kumush medalni qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 4 tadan oltin va kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi