Logo

O'zbekiston para-taekvondochilari Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan xalqaro turnirda 5 ta medal qo'lga kiritdi

Iyul 17, 2025. 11:34 • 42 soniya

17
O'zbekiston para-taekvondochilari Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan xalqaro turnirda 5 ta medal qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida para-taekvondo bo'yicha "World Para Taekwondo Open Challenge" xalqaro musobaqasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Paralimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, dunyoning 27 mamlakatidan jami 158 nafar atletlar bahs olib borgan turnirda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etdi.

10 ta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda O'zbekiston atletlarining 18 nafar vakili dayangga ko'tarildi. Yakunda ularning 5 nafari g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.

Jumladan, Javohir Aliqulov (70 kg) oltin, Qudrat Muhammadiyev (80 kg), Asad Toshtemirov (+80 kg), Qizlarxon Isomiddinova (47 kg) va Karomat Rustamova (52 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi

Shunday qilib, O'zbekiston para-taekvondochilari Chuncheon shahri uchinchi marotaba mezbonlik qilgan ochiq turnirni 1 ta oltin va 4 ta bronza medali yakunladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish