O'zbekiston sport gimnastikachilari Qohirada bo'lib o'tgan Jahon kubogida 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi
Aprel 29, 2025. 12:30 • 29 soniya
• 32
TOSHKENT, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Har ikki medalni yigitlarimiz qo'lga kiritdi. Jumladan, Abdulaziz Mirvaliyev tayanib sakrash dasturida 14.116 ball bilan bronza medali sohibiga aylangan bo'lsa, parallel brusda 13.866 ball jamg'argan ikki karra yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Rasuljon Abdurasulov ham kuchli uchlikdan o'rin egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi