O'zbekiston taekvondochilari Xitoyda o'tgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega chiqdi
May 01, 2025. 14:05 • 44 soniya
• 28
TOSHKENT, 1-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha G1 klassifikatsiyasiga kiruvchi XIII klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining 12 nafar vakili dayangga chiqdi. Yakunda ular 2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Jumladan, Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg.) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg.) o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo'ldi. Finalga qadar muvaffaqiyatli jang olib borgan Omonjon Otajonov (-58 kg.) hamda Svetlana Osipova (+73 kg.) kumush medali bilan taqdirlandi. Sevinch Hayitova (-62 kg.) esa shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Shu tariqa, O'zbeyekiston taekvondochilari mazkur musobaqada 4 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi