O'zbekiston taekvondochilari Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan xalqaro turnirda 13 ta medal qo'lga kiritdi
Iyul 14, 2025. 18:30 • 42 soniya
• 47
TOSHKENT, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasining Muju shahrida uch kun davom etgan "World Taekwondo Diamond Games" turniri yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kuni doirasida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi. Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
O'zbekiston terma jamoamiz a'zolaridan Svetlana Osipova, Ozoda Sobirjonova, Jahongir Xudoyberdiyev, Diyorbek To'xliboyev, Ozodbek Mamadaliyev, Yodgorbek Jo'raboyev, Madina Shoniyozova va Shabbona Abduvaliyeva o'z vaznlarida raqiblarini mag'lub etib, oltin medal sohibi bo'ldi. Omonjon Otajonov va Azizbek Abduqodirov kumush, Sevnich Hayitova, Kamronbek Mansurov va Mirdiyor Mirayimov bronza medaliga ega chiqdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi