Logo

O'zbekiston vakili Bangkokda o'tayotgan dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi

Aprel 25, 2025. 18:31 • 34 soniya

32
O'zbekiston vakili Bangkokda o'tayotgan dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Bangkok shahrida dzyudo bo'yicha yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri Osiyo chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning dastlabki kunida o'tkazilgan bellashuvlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor bo'ldi.

-66 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz final yo'lida kechgan shiddatli kurashda bir qator nomdor raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi.

Biroq oltin medal uchun bellashuvda yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Ryoma Tanakaga qo'shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.

Bangkok shahrini mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatida qit'amizning 30 davlatidan 295 nafar polvon medallar uchun kurashyapti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish