Logo

O'zbekistonlik yosh dzyudochilar Turkiyadagi xalqaro turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda

Iyul 09, 2025. 11:34 • 31 soniya

18
O'zbekistonlik yosh dzyudochilar Turkiyadagi xalqaro turnirida muvaffaqiyatli odimlamoqda

TOSHKENT, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Turkiyaning Izmit shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida "Kocaeli European Judo Hopes" xalqaro turnir davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Dzyudo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning 8-iyul kungi dasturida to'rt nafar dzyudochimiz shohsupaga ko'tarildi. Ular 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Xususan, Shoxdiyor Umarov (-50 kg) kumush, Jasur Aliyev (-26 kg), Sardorbek Bekov (-26 kg) va Akbar Akramov (+55 kg) bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, turnirning birinchi kunida Shoxjaxon Usmonov 50 kg vaznda "Kocaeli European Judo Hopes" turniri g'olibiga aylangandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish