O'zbekistonlik yosh shaxmatchilar Ashxabodda o'tkazilgan xalqaro turnirda 4 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi
Iyun 19, 2025. 18:35 • 50 soniya
• 145
ASHXOBOD, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Turkmaniston poytaxtida 8, 10 va 12 yoshli bolalar o'rtasida xalqaro shaxmat turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Yevropa va Osiyoning 11 davlatidan kelgan 129 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etgan mazkur musobaqada, O'zbekiston terma jamoasi vakillari munosib ishtirok etib, umum jamoa hisobda ikkinchi o'rinni egalladi.
Turkmaniston tashabbusi bilan e'lon qilingan "2025-yil – Xalqaro tinchlik va ishonch yili" munosabati bilan o'tkazilgan ushbu turnir nafaqat intellektual sinov, balki do'stlik va madaniy almashinuv bayramiga aylandi.
Rapid va blis yo'nalishlarida o'tkazilgan turnir yakunida O'zbekistonning yosh aql gimnastikachilari 4 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi. Bu natija jamoamizga Turkmaniston terma jamoasidan keyingi sharafli ikkinchi o'rinni egallash imkonini berdi. Yana bir qo'shnimiz Qozog'iston terma jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Arqadag' shahrida o'tkazilgan taqdirlash marosimida turnir g'oliblari va sovrindorlariga Turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhammedov nomidagi xayriya jamg'armasi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi