Logo

Qilichbozlik bo'yicha jahon chempionatida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi ma'lum qilindi

Iyul 16, 2025. 11:41 • 35 soniya

14
Qilichbozlik bo'yicha jahon chempionatida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi ma'lum qilindi

TOSHKENT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 22-30-iyul kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida qilichbozlik bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi, xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, quyidagi sportchilar bo'lajak dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi:

Shpaga, erkaklar:

Vadim Anoxin;

Meyrxan Timurov;

Javohir Nurmatov;

Muhammadyusuf Siddiqov.

Ayollar:

Sevara Rahimova;

Shahzoda Egamberdiyeva;

Dilnaz Murzatayeva;

Sanam Nazarova.

Sablya, erkaklar:

Islambek Abdazov;

Musa Aymuratov;

Sardor Abdukarimbekov;

Zuhriddin Qodirov.

Ayollar:

Zaynab Dayibekova;

Gulistan Perdibayeva;

Fernanda Errera;

Samira Shokirova.

Rapira, erkaklar:

Ulug'bek Usmanov;

Doniyor Sa'dullayev;

Radmir Semeneyev;

Ilyas Molina.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish