"Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchilari Ostonadagi xalqaro turnirda ikkinchi o'rinni egalladi
Mart 31, 2025. 14:34 • 58 soniya
• 108
OSTONA, 31-mart. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 27-28-mart kunlari Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida 10 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida futbol bo'yicha "Astana cup-2025" xalqaro turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turnirda Moskvaning "Spartak", Toshkentning "Paxtakor" jamoalari, shuningdek, Qozog'istonning "Ostona" "Aktobe", "Jenis" futbol klublari akademiyalari, futbol bo'yicha ixtisoslashtirilgan Ostona bolalar va o'smirlar Olimpiya zaxiralari sport maktabi va boshqa mahalliy futbol maktablari tarbiyalanuvchilari qatnashdi.
Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakunlariga ko'ra, 1-o'rinni Moskvaning "Spartak" klubi, 2-o'rinni Toshkentning "Paxtakor" jamoasi yoshlari egalladi. Turnirning bronza medallari Qozog'istoning "Aktobe" klubi tarbiyalanuvchilariga nasib etdi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari hamda eng yaxshi yosh futbolchilar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Edmontonda O‘zbekiston futbol jamoasiga vatandoshlar va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari vakillari faol muxlislik qildi

O‘zbekiston mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari futbol bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi


