Edmontonda O‘zbekiston futbol jamoasiga vatandoshlar va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari vakillari faol muxlislik qildi

Iyun 02, 2026. 16:55 • 2 daq

118
Edmontonda O‘zbekiston futbol jamoasiga vatandoshlar va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari vakillari faol muxlislik qildi

EDMONTON, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Kanada terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqa oldidan Kanadaga yetib kelgan o‘zbekistonlik futbolchilarni Edmonton xalqaro aeroportida vatandoshlar hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari iliq kutib oldi. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ko‘magida davlat ramzlari va milliy terma jamoa atributlari aks etgan maxsus fan-zona tashkil etildi.

2-iyun kuni Edmontondagi “Commonwealth” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. O‘yin shiddatli yomg‘ir ostida kechdi, bu esa futbolchilarning maydondagi harakatlariga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan 200 nafardan ortiq vatandoshlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir qatnashchilari milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, bunday tadbirlar vatandoshlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xorijdagi ijobiy imijini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

UFA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish