"Parij-2024": O'zbekiston taekvondochilarining dastlabki raqiblari ma'lum
Avgust 06, 2024. 12:16 • 35 soniya
• 222
TOSHKENT, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. Ertaga taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari yozgi Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, yozgi Olimpiya o'yinlarida ilk bor ushbu sport turi bo'yicha mamlakatimiz jamoasi besh nafar sportchi bilan qatnashadi. Bugun ular o'zlarining dastlabki raqiblarini bilib olishdi.
Unga ko'ra, hamyurtlarimiz bahslarni quyidagi sportchilarga qarshi boshlashadi:
-68 kg: Ulug'bek Rashitov – Yahya Al Gotani (qochoqlar jamoasi)/Lo Vay Fung (Gongkong).
-80 kg: Jasurbek Jaysunov – Merhan Barhodari (Eron).
+80 kg: Nikita Rafalovich – Arian Salimi (Eron).
+67 kg: Svetlana Osipova – Astan Katerine Fege (Kot-d'Ivuar).
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Aleksandra Perishich (Serbiya).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi