Logo

O'zbekistonlik baydarkachi Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi

Iyul 26, 2025. 13:33 • 25 soniya

106
O'zbekistonlik baydarkachi Arina Tanatmisheva jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 26-iyul. /"Dunyo" AA/. Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha U-18 va U-23 yosh toifasidagi jahon chempionati o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda qatnashayotgan O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.

U-23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Arina Tanatmisheva marra chizig'ini ikkinchi bo'lib yetib keldi. Yakunda Arina jahon chempionatining kumush medalga sazovor bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish