Logo

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi ma'lum

Avgust 19, 2024. 14:51 • 44 soniya

117
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi ma'lum

TOSHKENT, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 23-25-avgust kunlari Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, dunyoning 57 davlatidan tashrif buyuradigan 400 nafar sportchi ushbu chempionatda o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazadi. Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan bahslarda 24 nafar hamyurtimiz g'oliblik uchun kurash olib borishlari kutilmoqda.

O'zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining ma'lum qilishicha, mazkur dunyo birinchiligida atletlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Erkaklar:

Nurislom To'xtasin o'g'li

Artur Guliyev

Elyorjon Mamadaliyev

Vilyam Ibragimov

Shaxriyor Mahkamov

Yaroslav Slavgorodskiy

Vladlen Denisov

Samandar Xaydarov

Kamronbek Axtamov

Muhammadali Mirismanov

Ozodjon Amriddinov

Mirjalol Kamilov

Ziyodbek Yo'ldoshaliyev

Davron Salimov

Dilmurod Shermurodov

Ayollar:

Yekaterina Shubina

Dilnoza Rahmatova

Nilufar Zokirova

Arina Tanatmisheva

Xonzoda Erkinova

Madinabonu Ismoilova

Shohsanam Sherzodova

Dinara Jo'rayeva

Shaxrizoda Mavlonova

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish