Logo

Bugun Budapeshtda o'tayotgan dzyudo bo'yicha Jahon chempionatida uch nafar vakilimiz kurash olib boradi

Iyun 17, 2025. 15:47 • 41 soniya

70
Bugun Budapeshtda o'tayotgan dzyudo bo'yicha Jahon chempionatida uch nafar vakilimiz kurash olib boradi

TOSHKENT, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tayotgan dzyudo bo'yicha Jahon chempionatining beshinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda erkaklar -90 kg, ayollar -70 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib boradi. Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar a'zosi ishtirok etadi.


Jumladan, -90 kg vaznda Shahzodxo'ja Sharipov Norvegiya vakili Kornelius Eylertsenga, -90 kg vaznda Nurbek Murtazoyev mavrikiylik sportchi Remi Feullega, -70 kg vaznda Xurshida Razzoqberdiyeva Xitoy Taypeyi vakilasi Yu-Jing Liaoga qarshi bahs olib boradi.


Shu kungacha o'tgan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Shukurjon Aminova (-57 kg) hamda Arslonbek Tojiyev (-81 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib kelishgan. Ammo ushbu bahslarda raqiblar ustunlik qilib, har ikki dzyudochimiz beshinchi natija bilan musobaqani yakunladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish