Logo

Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi ikkita kumush medaliga ega chiqdi

Iyul 19, 2025. 14:00 • 25 soniya

79
Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi ikkita kumush medaliga ega chiqdi

TOSHKENT, 19-iyul. "Dunyo" AA/. Germaniyada o'tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi dastlabki medallariga ega chiqdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, murosasiz kechgan bahslarda sportchilarimiz 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.


Dastlabki medalni badiiy gimnastikaning ko'pkurash dasturida "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Taxmina Ikromova keltirdi. Shundan so'ng suzish bahslarida Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida kechgan musobaqada marraga ikkinchi bo'lib yetib keldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish