Logo

Dzyudo bo'yicha jahon chempioni va yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a'zoligiga saylandi

Iyul 04, 2025. 11:55 • 48 soniya

505
Dzyudo bo'yicha jahon chempioni va yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a'zoligiga saylandi

TOSHKENT, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Dzyudo bo'yicha jahon chempioni, "Parij-2024" Olimpiya o'yinlari g'olibi Diyora Keldiyorova Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a'zoligiga saylandi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

O'zbekiston dyuzdo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 13-19-iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida kattalar o'rtasida o'tgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a'zoligi uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qilgan edi.

Turli qit'alardan 20 nafar dzyudochi nomzodi mazkur komissiyaga a'zolik uchun ilgari surildi. Ularning 5 nafari qit'aviy dzyudo konfederatsiyalari tomonidan, 4 nafari IJF Ijroiya qo'mitasi tomonidan taklif etilgan.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, ular orasidan 9 nafari Xalqaro dzyudo federatsiyasi Atletlar komissiyasi a'zoligiga loyiq ko'rildi. Ular arasida Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Kuba, Kosovo, Chexiya, Ozarbayjon vakillari, shuningdek, O'zbekiston nomidan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova bor.

IJF Atletlar komissiyasi a'zolari yangi yozgi Olimpiya o'yinlari davri sanalgan 2025–2029 yillar davomida ish olib boradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish