Logo

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi "Osiyo kubogi-2026" saralash bosqichida "F" guruhidan joy egalladi

Iyun 26, 2025. 19:26 • 43 soniya

55
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi "Osiyo kubogi-2026" saralash bosqichida "F" guruhidan joy egalladi

TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida futzal bo'yicha "Osiyo kubogi-2026" saralash bosqichiga qur'a tashlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston futzal federatsiyasidan olingan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "F" guruhidan o'rin egalladi. Mazkur bosqichda terma jamoamiz Qirg'iziston, Sharqiy Timor va Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadi.


Qur'a doirasida 31 ta jamoa 8 ta guruhga taqsimlandi. Unga ko'ra, 7 ta guruhda 4 tadan, 1 ta guruhda esa 3 ta jamoa o'rin oldi.


Saralash o'yinlarida guruhlarda birinchi o'rinni egallagan jamoalar hamda ikkinchi o'rinni band etgan jamoalarning eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 7 tasi final bosqichiga yo'llanma oladi.


Shunday qilib, qit'a chempionati final raundida mezbonlardan tashqari saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tgan 15 ta jamoa ishtirok etadi.


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha "Osiyo kubogi-2026" Indoneziyada bo'lib o'tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish