Logo

O'zbekiston vakili akademik eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogida sovrindor bo'ldi

Iyun 30, 2025. 12:35 • 24 soniya

44
O'zbekiston vakili akademik eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogida sovrindor bo'ldi

TOSHKENT, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. Shveysariyaning Lyutsern shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, LM1x dasturida (yengil vaznli yakkalik) kechgan bahslarda "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov marraga uchinchi bo'lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.

 E'tiborlisi, O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mazkur toifadagi musobaqada dastlabki medalini qo'lga kiritdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish