O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan kurashchilari Osiyo chempionatida 16 ta medalni qo'lga kiritishdi
Iyun 22, 2025. 12:24 • 39 soniya
• 59
TOSHKENT, 22-iyun. /"Dunyo" AA/. Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida kurashchilarimiz ikkita kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Jumladan, bugungi bellashuvlarda -65 kg vazn toifasida Umidjon Jalolov kumush medalga sazovor bo'ldi. -74 kg vazn toifasida Zafarbek Otaxonov ham ishonchli kurash olib borib, kumush medalni qo'lga kiritdi. -92 kg vazn toifasida Sadriddin Daminjonov uchinchi o'rinni egalladi.
Shu tariqa ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz qit'a birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.
Ertadan U-17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi