Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion bo'lgan birinchi o'zbek ayol bokschisi bo'ldi
Iyul 07, 2025. 20:32 • 43 soniya
• 47
TOSHKENT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion bo'lgan birinchi o'zbek ayol bokschisiga aylandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida boks bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o'z yakuniga yetib bormoqda.
Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Navbahor Hamidova g'alaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritgan birinchi o'zbekistonlik bokschi qizga aylanmoqda.
Hamyurtimiz finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu g'alaba bilan Nabahor avvalgi ikki mag'lubiyat uchun ushbu raqibisidan munosib revansh oldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Jumladan, Navbahor Hamidova (-65 kg) oltin, Feruza Kazakova (-54 kg), Aziza Zokirova (-75 kg), Sohiba Ro'zmetova (-80 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (+80 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi