Ozoda Sobirjonova Janubiy Koreyada o'tkazilgan taekvondo WT bo'yicha xalqaro turnirda kumush medalga sazovor bo'ldi
Sentabr 02, 2025. 19:04 • 46 soniya
• 128
MUJU, 2-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT yo'nalishi bo'yicha "Gran Pri Challenge" turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan eng kuchli sportchilar qatorida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Turnir juda keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. Hamyurtimiz, -67 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Ozoda Sobirjonova munosib tarzda finalga qadar yetib bordi. U hal qiluvchi bellashuvda mag'lubiyatga uchrab, kumush medalga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston delegatsiyasi uchun bu natija taekvondo sporti yo'nalishidagi yana bir katta yutuq, yangi bosqichga qadam qo'yish sifatida baholanmoqda. Ozoda Sobirjonovaning matonati, kurashuvchanligi va yuksak irodasi muxlislar qalbini zabt etdi.
Jahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonning ta'kidlashicha, Ozodaning xalqaro turnirlarda orttirgan qimmatli tajribasi kelgusida yanada nufuzli musobaqalarda katta g'alabalarga erishishi uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi