O'zbekiston og'ir atletikachi qizlari Xitoyda o'tayotgan Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi
May 14, 2025. 18:29 • 30 soniya
• 54
TOSHKENT, 14-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Jiangshan shahrida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatining 13-may kungi dasturida O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallarga sazovor bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, -81 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtlarimiz Rigina Adashbayeva va Madina Fayzullayeva o'z nomlarini sovrindorlar qatoriga qo'shib qo'yishdi.
Jumladan, Rigina Adashbayeva dast ko'tarishda 104 kg natija bilan bronza va ikki kurashda 224 kg jamg'argan holda 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Madina Fayzullayeva esa siltab ko'tarish mashqida 121 kg toshni bo'ysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi